«Everton» «Chelsi» vingerini ijaraga olganini e'lon qildi

Tayrik Jorj «Everton» futbolchisiga aylandi.
Liverpul klubi 19 yoshli vingerni «Chelsi»dan ijara asosida olganini rasman e'lon qildi. Shartnomada futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati ham mavjud, ammo u majburiy emas.
Joriy mavsumda angliyalik futbolchi «Chelsi» safida barcha turnirlarda 11 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.