Eto'Oning o'g'li Segundada debyut qildi

Mashhur Samuel Eto'Oning o'g'li Eten Ispaniya futbolining ikkinchi divizionida debyut qildi va o'zining "Mirandes" klubida "Valyadolid"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi.
Ispaniyaning AS nashriga bergan intervyusida u his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
"Nihoyat maydonga tushganimdan juda xursandman. Murabbiy mendan tabiiy ravishda o'ynashimni, o'zimni ko'rsatishni, to'pni saqlashga va bo'sh joy yaratishga harakat qilishimni so'radi.
Mening o'ziga xos xususiyatlarim bor", – dedi Eten.