Kamerunlik sobiq hujumchi Samuel Eto’O Frantsiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.

"Kilian Mbappe o'z avlodining eng yaxshi frantsuz futbolchisi va hatto barcha davrlarning eng buyuk frantsuz futbolchisi sifatida to'liq tan olinishi uchun yana nima qilishi kerak?", dedi Eto’O Le Parisien bilan suhbatda.

Mbappe 2018 yilgi Jahon chempionati chempioni, 2022 yilgi finalchi va Frantsiya terma jamoasining barcha davrlardagi eng yaxshi to'purari. 2026 yilgi Jahon chempionatida u oltita o'yinda maydonga tushib, sakkizta gol urgan va uchta golli uzatma bergan. Frantsiya yarim finalga yo'l oldi va u erda 14 iyul kuni Ispaniyaga qarshi o'ynaydi.

Manba: Stadion.uz