"Milan"ning chap qanot himoyachisi Pervis Estupinyan "Inter" ustidan 1:0 hisobidagi g'alabadan so'ng intervyu berdi.

Ekvadorlik futbolchi yakshanba kuni bo'lib o'tgan derbidagi yagona golni 35-daqiqada urdi.

"Men Skudettoga ishonamanmi? Hech narsani oldindan aniq bashorat qilish mumkin emas. Biz o'yinma-o'yin, bosqichma-bosqich ishlaymiz va muxlislarga quvonch ulashishda davom etamiz.

Hozir biz shunday qilyapmiz. Biz har bir o'yinda kurashamiz", dedi Estupinyan intervyuda.