Estevao: "Mareska menga juda ishonadi"

Londonning "Chelsi" klubi 18 yoshli vingeri Estevao Villian Angliyadagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
"Chelsi" braziliyalik futbolchini o'tgan yozda sotib olgan va uning transferi uchun "Palmeyras"ga 34 million evro sarflagandi.
- "Chelsi"da men kutganimdan ko'ra ko'proq imkoniyatlarga egaman. Bu mashg'ulotlarda bajargan ishlarim tufayli. Mareska menga juda ishonadi va men bu ishonchni maydonda oqlashga harakat qilaman," - deya Estevaoning so'zlarini keltiradi Globo Esporte.