Estevao "Chelsi"ga moslashish jarayoni haqida fikr bildirdi

Yozda jamoa safiga qo'shilgan Londonning "Chelsi" klubi qanot hujumchisi Estevao Villian APLga moslashish jarayoni haqida gapirdi.
"Men kutganimdan ko'ra tezroq moslashishga muvaffaq bo'lyapman. Gap Premer-liga uslubi, Mareska uslubi, Evropa futboli haqida ketmoqda. Maydondan tashqarida esa gap madaniyatda, u juda farq qiladi, lekin menga ingliz madaniyati juda yoqadi," - dedi Estevao.
Eslatib o'tamiz, 18 yoshli vinger "Palmeyras"dan 45 mln evroga sotib olingan edi. Ingliz jamoasi tarkibida Estevao to'qqizta o'yin o'tkazib, gol va golli uzatma bilan yodda qoldi.