Espozitoga ikki APL klubi qiziqish bildirgan

"Inter" hujumchisi Franchesko Pio Espozito Angliya Premer-ligasining ikkita klubida qiziqish uyg'otdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, "Arsenal" va "Manchester Yunayted" 20 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lishgan, ammo "neradzurrilar" bu taklifni rad etishgan.
Bosh murabbiy Kristian Kivu va sport direktori Pero Auzilio Espositoning ulkan salohiyatga ega ekanligiga ishonishadi va u uchun takliflarni ko'rib chiqish niyatida emaslar.
Transfermarkt mutaxassislarining fikriga ko'ra, istiqbolli italiyalik futbolchining narxi 35 million evroga baholanmoqda.