ESPN Evropadagi eng yaxshi yozgi transferlar reytingini e'lon qildi va birinchi o'rinni «Lill» darvozaboni Lyuka Shevalening €40 mln evaziga «PSJ»ga ko'chib o'tishiga berdi. Frantsiyalik kiper Parij klubi safida 16 uchrashuvda 16 ta gol o'tkazgan.

Evropadagi yozgi transferlar orasidagi to'liq top-5 quyidagicha:

1. Lyuka Shevale – «Lill»dan «PSJ»ga, €40 mln
2. Brayan Mbemo – «Brentford»dan «Manchester Yunayted»ga, €75 mln
3. Alvaro Karreras – «Benfika»dan Madridning «Real»iga, €50 mln
4. Jorje Petrovich va Kivin Kellexer – «Chelsi»dan «Bornmut»ga €29 mln, «Liverpul»dan «Brentford»ga €15 mln
5. Martin Subimendi – «Real Sosedad»dan Londonning «Arsenal»iga, €70 mln

Manba: championat.com