ESPN nashri APLning top-klublaridagi eng qadrli futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Mualliflar futbolchilarning jamoa uchun muhimligini baholashda nafaqat ularning individual mahoratini, balki klub taktikasidagi o'rnini ham hisobga olishgan. Ro'yxatga faqat joriy mavsumda Premer-liga va Chempionlar ligasida kamida 900 daqiqa harakat qilgan o'yinchilar kiritilgan.

Klublar kesimidagi eng kuchli uchliklar (MVP va asosiy sheriklar) quyidagicha ko'rinish oldi:

  • «Arsenal»: Deklan Rays (MVP), Gabriel Magalyaes va David Rayya.

  • «Chelsi»: Ris Jeyms, Moyses Kaysedo va Entso Fernandes.

  • «Liverpul»: Dominik Soboslai, Virdjil van Deyk va Yugo Ekitike.

  • «Manchester Siti»: Erling Xoland, Rodri va Bernardu Silva.

  • «Manchester Yunayted»: Brunu Fernandesh, Mateus Kunya va Brian Mbemo.

  • «Tottenxem»: Kristian Romero, Archi Grey va Risharlison.