ESPN ekspertlari JCh-2026 favoritlari reytingini e'lon qildi

ESPN telekanali ekspertlari 2026 yilgi Jahon chempionligi uchun asosiy da'vogarlar reytingini taqdim etishdi. Bo'lajak Mundialning bosh favoriti sifatida Frantsiya terma jamoasi ko'rsatilmoqda.
Ro'yxatning ikkinchi pog'onasidan amaldagi Evropa chempionlari — ispaniyaliklar joy oldi. Kuchli uchlikni Angliya milliy terma jamoasi yakunlab berdi. To'rtinchi o'rinda Braziliya, beshinchida esa Portugaliya qayd etilgan.
Niderlandiya oltinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, amaldagi jahon chempioni hisoblangan Argentina ettinchi pog'onada bormoqda. Shuningdek, kuchli o'ntalikdan Germaniya, Norvegiya va Belgiya terma jamoalari ham joy oldi.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi. O'yinlarga AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladi.