«Espanol» va «Byornli» xo'jayini: «6 daqiqalik kutish futbolni o'ldirmoqda, VAR’dan voz kechish kerak»

«Espanol» va «Byornli» klublari prezidenti Alan Peys videotakrorlar (VAR) tizimini keskin tanqid qildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
«Biz texnologiyani muammoning echimi deb o'ylaymiz, lekin ko'pincha bunday emas. 6 daqiqa kutish futbolni o'ldirmoqda. Agar vaziyat vaqtidagi hakamlarning o'zaro suhbatlari yozuvini so'rasangiz, ularda mantiqiy izchillik yo'qligini ko'rasiz.
Chempionshipda hissiyotlar sof edi — odamlar gol bekor qilinishini kutib o'tirmasdi. Hozir men futbolning VAR’siz bo'lishi tarafdoriman, chunki u 100 foizlik aniqlikni ta'minlab bermayapti», — dedi Peys.
Ma'lumot uchun, VAR tizimi Ispaniya futbolida 2018-19 yilgi mavsumdan beri amal qilmoqda. Avvaliga u La Liga o'yinlarida sinab ko'rilgan, keyinchalik esa boshqa turnirlarda ham qo'llanila boshlagan.