Jahon chempionatida guruh bosqichi yakunlandi. Mundialning 48 ta ishtirokchisidan 32 tasi pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi — bular guruh g'oliblari, ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar va uchinchi o'rinni egallagan eng yaxshi 8 ta terma jamoadir.

Jahon chempionatining 32 tadan 48 ta jamoagacha kengaytirilishi hatto uchinchi o'rinni egallagan terma jamoalarning ham mundialning 1/16 finaliga yo'l olishiga imkon berdi. Agar musobaqa eski qoidalar bo'yicha o'tkazilganida, pley-offga faqat birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalargina yo'l olgan bo'lardi. Bunday holatda quyidagi terma jamoalar keyingi bosqichga chiqa olmay, musobaqani tark etardi:

Bosniya va Gertsegovina, Paragvay, Ekvador, Shvetsiya, Senegal, Jazoir, Kongo DR, Gana.

Jahon chempionati 19 iyul kuni yakuniga etadi.

Manba: Stadion.uz