24-26 aprel kunlari Xitoyning Xefey shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Qit'amizning eng kuchli eshkak eshuvchilari jam bo'ladigan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham ishtirok etishadi.

Ayni paytda sportchilarimiz Xefey shahriga etib borishdi va musobaqa oldidan so'nggi tayyorgarlik jarayonini olib borishmoqda. Bellashuvlarda jami 23 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Manba: Olympic.uz
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.