Eronlik vinger Torabining AQSh vizasi JCh-2026 birinchi o'yinidan keyin tugadi

Eron terma jamoasi vingeri Mehdi Torabining AQSh vizasi JCh-2026 1-turidan o'rin olgan Yangi Zelandiyaga qarshi o'yindan (2:2) keyin o'z kuchini yo'qotdi.
31 yoshli futbolchi qaydnomaga kiritilgan edi, biroq bo'lib o'tgan bahsda maydonda ko'rinish bermadi.
«Eron terma jamoasi futbolchisi Mehdi Torabining AQShga bir martalik kirish vizasi muddati tugadi. Viza faqat bir marta kirish uchun amal qilardi.
Eron futbol federatsiyasi Torabining bo'lajak uchrashuvlarda milliy terma jamoa safida maydonga tushishini ta'minlash maqsadida uning vizasini uzaytirish choralarini ko'rdi», – deya xabar berdi Eron futbol federatsiyasi.
Eron navbatdagi o'yinini 21 iyun kuni Los-Anjelesda Belgiyaga qarshi o'tkazadi.