Eron terma jamoasiga Misr bilan o'yindan 2 kun oldin AQShga kirishga ruxsat berildi

AQSh jahon chempionatida Eron terma jamoasi uchun cheklovlarni yumshatdi va unga Misrga qarshi o'yindan ikki kun oldin mamlakatga kirishga ruxsat berdi.
Jamoalar 27 iyun kuni JCh-2026 3-turi doirasida Sietldagi «Lyumen Fild» stadionida o'zaro to'qnashishadi.
Avvalroq Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir Galenoi o'z jamoasiga o'yinlardan oldin AQShga oldindan kirishga ruxsat berilmaganidan norozilik bildirgan edi. Endilikda Eron chorshanba kuni Amerikaga etib kelishi, o'yindan so'ng darhol Meksikadagi o'z bazasiga qaytishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar