Eron terma jamoasi Meksikaga etib bordi

Eron terma jamoasi JCh-2026 startidan oldin Meksikaga etib keldi.
Jamoa mahalliy vaqt bilan yakshanba kuni ertalab Tixuana shahriga qo'ndi. Musobaqa davomida eronliklar aynan shu erda baza tashkil qilishadi — AQShga kirish bilan bog'liq muammolar tufayli mashg'ulot lagerini Arizona shtatidagi Tuson shahridan ko'chirishga to'g'ri keldi.
Eronning guruhdagi barcha uchta o'yini AQSh hududida bo'lib o'tadi, biroq futbolchilar va zarur texnik xodimlarga mamlakatga faqat o'yin kuni uchib kelish va uchrashuv tugashi bilan u erni darhol tark etishga ruxsat berildi.