Eron futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Mehdi Muhamad Nabi FIFA prezidenti Janni Infantinoning Eron milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi.

«Biz uchun eng muhimi — FIFA qoidalari va reglamentlaridir. Biz tashkilotning har qanday qarorini hurmat qilamiz. Har bir mezbon davlat FIFA oldida majburiyat olgan va ularga amal qilishi shart. U bizning o'rtoqlik o'yinlari o'tkazayotganimizni bilgach, shaxsan keldi va samarali suhbat bo'lib o'tdi», — dedi funktsioner.

Avvalroq Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj terma jamoa o'yinlarini 2026 yilgi jahon chempionatida AQShdan Meksikaga ko'chirish bo'yicha muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilgan edi.

Shuningdek, Eronda mavjud geosiyosiy vaziyat tufayli terma jamoaning JCh-2026da ishtirok etmasligi ehtimoli ham aytilgan. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Eron milliy jamoasining musobaqada qatnashishini nomaqbul deb hisoblashini bildirgan.

Manba: championat.com