Eron futbol federatsiyasi o'rtoqlik o'yinini o'tkazish masalasida Portugaliya bilan muzokara olib bormoqda.

Persian Soccer'ning xabar berishicha, Portugaliya tomoni o'rtoqlik o'yini uchun 1 million dollar miqdorida gonorar so'ragan.

Ma'lumot o'rnida. Eron milliy jamoasi JCh-2026 qur'asida Belgiya bilan bir guruhdan o'rin olgan. Portugaliya esa O'zbekiston o'rin olgan "K" guruhiga tushdi.

Manba: stadion.uz