Eron chempionati 14-turida "Traktor" o'z maydonida "Paykan" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, 6-daqiqada mehmonlar Shahin Tavakolining goli evaziga oldinga chiqib olgan edi. Mezbonlar safida Amirhussayn Hussaynzoda (10-daqiqa) va Mehdi Hoshimnajod (74-daqiqa) tomonidan kiritilgan gollar irodali g'alabani ta'minladi.

"Traktor" safida hamyurtimiz Odil Hamrobekov to'liq harakat qildi.

Amalda chempionlar 21ochko bilan turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarildi.

Manba: www.stadion.uz.