Eron chempionati 21-turida "Gol Gohar" o'z maydonida "Persepolis"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Bahsda mezbonlar safida Rudbari (19), Latififar (35, 53) gollarga mualliflik qilgan bo'lsa, mehmonlar safida hamyurtimiz Igor Sergeev yagona javob to'pini (45+7) kiritdi.

O'yinni Igor Sergeev to'liq o'tkazdi, Oston O'runov esa qaydnomaga kiritilmadi.

"Gol Gohar" 36 ochko bilan peshqadam bo'lib oldi, "Persepolis" 34 ochko bilan 5-pog'onada.

Manba: www.stadion.uz.