Eron chempionatining 10-turi doirasida "Sepaxon" o'z maydonida Tehronning «Istiqlol» klubi qabul qildi.

Bahsning 10-daqiqasida mehmonlar penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi va Yasir Asani undan foydalanib, hisobni ochdi.

Oradan 4 daqiqa o'tib "Istiqlol" himoyachisi Rustam Ashurmatov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi va hisob tenglashdi. Boz ustiga, Rustam 57-daqiqada sariq kartochka oldi.

Uchrashuvning 73-daqiqasida Jaloliddin Masharipov zaxiradan maydonga tushirildi. O'yinga qo'shib berilgan 3-daqiqada Ismoil G'olizoda gol urib, "Istiqlol"ga g'alaba keltirdi.

Bahsning 90+6-daqiqasida negadir Masharipov zaxiraga olindi.

"Istiqlol Tehron" esa ushbu g'alabadan keyin o'z ochkolarini 25 taga etkazib, jadvalda 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

Manba: stadion.uz