Eron chempionati 11-turida "Persepolis" safarda "Shans Azar Kazvin" klubi mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

10-daqiqada Soroush Rafei tehronliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 22-daqiqada Saeb Mohebi mezbonlarning javob golini kiritdi.

O'zbekiston milliy jamoasi a'zosi Oston O'runov 74-daqiqada gol urib, "Persepolis"ga 3 ochko olib berdi.

"Persepolis" 18 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi. "Shans Azar Kazvin" 6 ochko bilan so'nggi o'rinda.

Manba: www.stadion.uz.