Eron terma jamoasi AQSh rasmiylari tomonidan jamoa futbolchilarining mamlakat hududi bo'ylab harakatlanishi cheklangani sababli FIFAga rasmiy shikoyat yo'llaydi.

Murojaatda ko'rsatilishicha, eronliklarga Yangi Zelandiyaga qarshi bahs uchun AQShga o'yin boshlanishidan atigi bir kun oldin etib kelishga ruxsat berilgan, bu esa uchrashuvga bo'lgan tayyorgarlikning izdan chiqishiga olib kelgan. Xuddi shunday holat Belgiyaga qarshi ikkinchi o'yin oldidan ham takrorlangan.

«Eron futbol federatsiyasi ushbu cheklovlarni barcha ishtirokchi jamoalar uchun teng sharoitlar yaratish tamoyiliga zid deb hisoblaydi va bu tayyorgarlikka xalaqit berishi mumkin», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Ma'lumot uchun, Eron va Yangi Zelandiya o'rtasidagi bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.

Manba: Stadion.uz