Ernesto Valverde: "Arsenal" La Ligada qatorasiga 10 yil chempion bo'lardi"

"Atletik" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Londonning "Arsenal" klubining bugungi darajasi haqida fikr bildirdi.
Chempionlar ligasi yangi mavsumining ilk turida "Atletik" o'z maydonida "kanonirlar"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Agar "Arsenal" La Ligada o'ynaganida, ketma-ket o'nta chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lardi. Ispaniyada g'alabalarni to'g'ri himoyaviy harakatlar olib keladi, "Arsenal"da esa hozir Evropadagi eng yaxshi himoya chizig'i bor", - dedi Valverde.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining navbatdagi turida "Atletik" safarda "Borussiya" Dortmundga qarshi bahs olib borsa, "Arsenal" Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasini qabul qiladi.