«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Evropaning top-5 ligasida eng tez yuguruvchi futbolchilar qatoriga kirdi.

TransferRoom va Gradient Sports'ning qo'shma tadqiqotiga ko'ra, u bir o'yinda soatiga 34,5 km tezlikka erishgan. Ro'yxatda birinchi o'rinni Ispaniyaning «Rayo Valekano» klubi himoyachisi Andrey Ratsiu 34,7 km/soat natija bilan egalladi.

Evropaning top-5 ligasidagi eng tezkor 10 futbolchi quyidagicha:

1. Andrey Ratsiu («Rayo Valekano») — 34,7 km/soat
2. Raul Bellanova («Inter») — 34,6 km/soat
3. Pedru Netu («Chelsi») — 34,6 km/soat
4. Jekson Tchatchua («Vulverxempton») — 34,5 km/soat
5. Erling Xoland («Manchester Siti») — 34,5 km/soat
6. Matias Fernandes («Lill») — 34,4 km/soat
7. Vinisius Junior («Real Madrid») — 34,4 km/soat
8. Yankuba Minte («Brayton») — 34,2 km/soat
9. Entoni Gordon («Nyukasl») — 34,2 km/soat
10. Xavi Rueda («Selta») — 33,9 km/soat

Manba: championat.com