Erkin agentga aylangan Dani Sebalos yangi agentlik bilan shartnoma imzoladi

Italiyalik transfer mutaxassisi Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Real Madrid»ning sobiq yarim himoyachisi Dani Sebalos o'ziga yangi klub izlash jarayonida Fali Ramadani boshchiligidagi «Lian Sports» agentligi bilan shartnoma imzoladi.
Milosh Kerkez va Mark Pubil kabi mashhur yulduzlarning manfaatlarini himoya qiluvchi «Lian Sports» agentligi yaqinda erkin agentga aylanish uchun «Real» bilan shartnomasini bekor qilgan ispaniyalik yarim himoyachi bo'yicha takliflarni o'rganmoqda.
Sebalosning yuqori maosh talab qilayotgani hozirgacha unga da'vogarlik qilayotgan aksariyat klublarni chekinishga majbur qilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar