"Tottenxem"ning sobiq yarim himoyachisi Kristian Eriksen o'z vatandoshi Tomas Frankning muvaffaqiyatga erishishiga ishonadi.

"Frank katta klubda murabbiylik qila oladi. U "Brentford"da nimalar qilgani va shuncha yillar davomida bu darajani qanday saqlab qolgani ko'p narsani anglatadi.

Men tanqidlarni ko'rdim, bu tushunarli, chunki "katta oltilik"dan har doim g'alaba qozonish kutiladi.

Ishonchim komilki, u vaziyatni o'zgartirib, muvaffaqiyatga erisha oladi - "Tottenxem"da kerakli hamma narsa bor.

Ishonchim komilki, Tomas bu lavozim uchun to'g'ri odam", - dedi Eriksen.