«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya La Liga doirasida Madridning «Atletiko» klubi ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng intervyu berdi.

«Biz «Real» ishtirokidagi o'yinda nima sodir bo'lganidan xabardor edik, shu sababli bugungi g'alaba chempionlik poygasida muhim rol o'ynashi mumkinligini tushunib turgandik», – dedi Erik Garsiya jurnalistlar bilan suhbatda.

«Barselona» 30 ta turdan so'ng 76 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Real»ni etti ochkoga ortda qoldiryapti.