Moskvaning “Dinamo” klubi “Makkabi” vingeri Uesli Patatini xarid qila olmadi.

Iyul oyida 21 yoshli braziliyalikning transferi 5 million evroga baholangandi, biroq Tel-Aviv klubi evrokuboklar saralash bosqichida qatnashgach, futbolchi uchun ikki baravar ko'p pul talab qildi, deb xabar beradi Sport24.

Shundan so'ng "Dinamo" uning o'rniga boshqa nomzodlarni qidirishga o'tdi. Natijada, avgust oyining oxirida Patati 7,3 millionga "AZ"ga o'tdi.