Erediviziya. “Ayaks” “PEK Zvolle”ni mag'lub etdi

Erediviziya bosh sovriniga da'vogar “Ayaks” “PEK Zvolle” bilan to'qnash keldi va raqibini 3:1 hisobida engdi.
Amsterdamliklar safida gollarga Klassen va Godts (dubl) mualliflik qilishdi.
Ayni damda "Ayaks" 11 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinni band etgan.