"Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandes Premer-ligada "Vest Xem" ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozonganidan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Argentinalik yarim himoyachi 92-daqiqada "bolg'achilar"ga qarshi g'alaba golini urdi.

"Chelsi" safida 150-o'yinimni shunday nishonlash aqldan ozdiradi. Muxlislarimiz oldida ajoyib g'alaba bo'ldi.

Xudoga shukur. Rohatlaning, "ko'klar!", deb yozdi Entso Fernandes ijtimoiy tarmoqlarda.