Entso Mareska 2026 yilning yozida «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkin. Bu haqda insayder Devid Ornshteyn xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Xosep Gvardiola yozda «shaharliklar»ni tark etishi ehtimoldan xoli emas. «Siti» rahbariyati esa murabbiyga allaqachon o'rinbosar tayinlab qo'ygan. Klub Entso Mareskaga nomzodiga to'xtagan. Tomonlar kuz oylarida, Gvardiola jamoadan ketgan taqdirda, ehtimoliy hamkorlik masalasida muloqot olib borgan.

Entso Mareska bugun «Chelsi»ni tark etdi. London klubi hozirda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.

Manba: football24.ru