"Manchester Siti" bosh murabbiyi lavozimiga Entso Mareskani olib kelsa, «Chelsi» klubi "shaharliklar"dan kompensatsiya talab qilmoqchi. Agar “shaharliklar” bu tovon pulini to'lamasa, London klubi Angliya Premer-ligasiga murojaat qilib, tekshiruv o'tkazilishini so'rashi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «Chelsi»da italiyalik mutaxassisning harakatlaridan norozi bo'lishgan. Chunki Mareska hali “ko'klar” bosh murabbiyi bo'lib turgan vaqtidayoq "Manchester Siti" bilan muzokaralar olib borgan.

Hozirda Entso Mareskaning «Manchester Siti» bilan shartnoma imzolash ehtimoli yuqori ekani aytilmoqda va shu bois «Chelsi» qat'iy chora ko'rishga tayyor.

Agar klublar o'zaro kelishuvga erisha olmasa, «Chelsi» Premer-ligaga murojaat qilib, “shaharliklar” Mareska bilan u hali «Stemford Brij»da ishlayotgan paytda muzokara o'tkazganini asos sifatida keltirmoqchi.

Manba: championat.com