«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandesning qaylig'i Valentina Servantes, futbolchiga «Real Madrid» tomonidan qiziqish bo'layotgani haqidagi mish-mishlar fonida, Madridda yashashni xohlash-xohlamasligi to'g'risidagi savolga javob berdi.

"Yo'q, Londonda hammasi joyida. O'g'lim Angliyada tug'ilgan. U o'sha erda maktabga boradi va juda baxtli", — deya Servantesning so'zlarini El Chiringuito nashri keltirmoqda.

Bundan oldinroq «Real» matbuot xizmati rasmiy bayonot berib, Madrid klubi Entso Fernandes transferi bo'yicha hech qanday taklif kiritmaganini ma'lum qilgan edi. Shu bilan birga, yarim himoyachining agenti Xaver Pastore futbolchi «Chelsi»ni tark etmoqchi ekanligi va yangi jamoa qidirayotganini ta'kidlagan. Xavbekning «ko'klar» (londonliklar) bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: Stadion.uz