Entso Fernandes «Chelsi»ni tark etishni rejalashtirmayapti.

Jurnalist Veronika Brunatining yozishicha, futbolchiga yaqin manbalar uning ustuvor maqsadi London klubida qolish ekanligini ta'kidlamoqda. Hozirda tomonlar yangi shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda.

Qayd etilishicha, klub va yarim himoyachi nafaqat kelishuvni uzaytirish, balki Fernandesning jamoadagi roli va ahamiyatiga mos ravishda maoshini oshirishni ham muhokama qilmoqda. Shu bilan birga, futbolchiga Evropaning bir nechta top-klublari qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, Entsoning jamoadoshlari bosh murabbiy Liem Rosenordan argentinalik futbolchiga nisbatan qo'llangan chetlatishni (diskvalifikatsiyani) avval rejalashtirilganidek bekor qilishni so'rashgani aytilmoqda.