Entso Fernandesning agenti futbolchi «Chelsi»ni tark etmoqchi ekanligini tasdiqladi

Madridning «Real» klubiga faol ravishda o'tishi aytilayotgan Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Entso Fernandesning agenti Xaver Pastore mijozining kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Hozirda biz «Chelsi»dan ketish variantlarini ko'rib chiqyapmiz», — deya Pastorening so'zlarini keltirmoqda Marca.
Entso Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan 121 million evro evaziga «Chelsi»ga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi London klubi safida barcha musobaqalarda 54 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Fernandesning transfer bahosini 90 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar