Entso Fernandesning agenti: «Biz nega bunday jazo berilganini tushunmayapmiz»

O'tmishning mashhur futbolchisi Xaver Pastore hozirda Entso Fernandesning agenti sifatida faoliyat yuritmoqda. Pastore argentinalik futbolchining Madridda yashash istagi haqidagi gaplaridan so'ng tarkibdan chetlatilganiga munosabat bildirdi.
«Entso vaziyatni tushunmadi. U murabbiyning qarorini qabul qildi, chunki u juda professional va doimo bor vujudi bilan harakat qiladi. U murabbiy qarorlarini hurmat qiladi. Ammo biz bu jazoni tushunmayapmiz, chunki u biron bir klub nomini tilga olmagan va «Chelsi»dan ketmoqchi ekanligini aytmagan — aksincha», — deya Pastorening so'zlarini keltiradi The Touchline.
Entso Fernandesning «Chelsi» bilan shartnomasi 2031/2032 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.