Entso Fernandes «Real» va «Manchester Siti» o'rtasida tanlov qildi

«Chelsi»ning argentinalik yarim himoyachisi Entso Fernandes faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi borasida bir qarorga keldi. El Nacional nashriga ma'lum bo'lishicha, xavbek Madridning «Real» klubidan boshqa hech qaysi jamoaga o'tmaslikka qaror qilgan.
Avvalroq Entsoni «Manchester Siti» o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. Biroq, futbolchi faqat Madridga ko'chib o'tish niyatida ekani va bu transferni shu yozdayoq amalga oshirishni istayotgani ta'kidlanmoqda.
Joriy mavsumda Entso Fernandes barcha turnirlarni hisobga olganda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Hozirgi vaqtda 25 yoshli o'yinchining bozor qiymati Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra 90 million evroni tashkil etmoqda.