TalkSPORT nashri jurnalisti Aleks Kruk «Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandesning kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Men doimo «Manchester Siti» va Entso Mareska varianti haqida o'ylayman, ayniqsa, agar Rodri klubni tark etadigan bo'lsa. Men ularda Elliot Anderson borligini bilaman, ammo agar ularga yana bir yarim himoyachi kerak bo'lsa va Fernandes hamda Mareska o'rtasidagi munosabatlarni hisobga olsak, bu juda a'lo variant bo'lar edi. Menga aytishlaricha, hozircha klublar o'rtasida hech qanday muzokaralar yo'q, biroq, menimcha, bu variantni albatta yodda tutish lozim», — dedi Kruk.

Avvalroq Madridning «Real» klubi shu yozda Entso Fernandesni sotib olmasligini va argentinalik futbolchining transferi bo'yicha hech qanday taklif yubormaganini rasman ma'lum qilgan edi.

Manba: Stadion.uz