Entso Fernandes «Real»ga o'tish uchun bor kuchini sarflamoqchi

AS nashri sahifalarida «Real» bilan bog'lanayotgan futbolchilar haqida maqola chop etildi. Unda Rodri, Bernardu Silva, Yoshko Gvardiol, Entso Fernandes, Vitinya va Joau Nevesh kabi o'yinchilar tilga olingan.
Maqolada qayd etilishicha, Entso Fernandes «Chelsi»dan «Real»ga o'tishi amalga oshishi uchun astoydil harakat qilmoqda. Mish-mishlar allaqachon Entsoni «Real» bilan bog'lab bo'lgan. Bu transfer ancha qimmatga tushishi aniq — Transfermarkt portali futbolchini 90 million evroga baholamoqda, qolaversa, argentinalik o'yinchining shartnomasi 2032 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
2025/2026 yilgi mavsumda Entso Fernandes 54 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.