«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes Madridning «Atletiko» klubining potentsial transfer nishoni hisoblanadi.

Jurnalist Saymon Fillipsning xabar berishicha, «matraschilar» argentinalik futbolchini shu yozda xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Yulduz xavbek «Chelsi»ni tark etishni istaydi va «Atletiko»ga o'tish g'oyasini ma'qullaydi. Transfer narxi muammo bo'lishi mumkin: «ko'klar» 25 yoshli futbolchi uchun taxminan 120 million funt sterling (140 million evrodan ortiq) talab qilishi kutilmoqda.

Yoz boshida Entso Fernandesga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik «qirollik klubi» futbolchini sotib olish niyati haqidagi barcha mish-mishlarni rad etuvchi rasmiy bayonot berib, bu gap-so'zlarga chek qo'ydi.

Manba: Stadion.uz