Entso Fernandes o'zini hayratga solgan ikki futbolchini aytdi - bular "Real"ning sobiq yulduzlari
«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes futbol maydonida raqiblaridan kim uni ko'proq hayratda qoldirgani haqidagi savolga javob berdi.
"Toni Kroos. Bu "Bernabeu"da bo'lib o'tgan "Real" va "Chelsi" o'rtasidagi uchrashuv edi. Kroos shunchaki dahshatli o'yin ko'rsatgandi. Shuningdek, Luka Modrich ham", — deya Fernandesning so'zlarini keltirmoqda The Touchline nashri.
Bundan avvalroq, 25 yoshli Entso Fernandes JCh–2026 dan so'ng «Chelsi»ni tark etish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyorligiga sha'ma qilgan edi. Matbuot argentinalik xavbekni Madridning «Real» klubi bilan bog'lamoqda.
Nufuzli Transfermarkt portali Entso Fernandesni 90 million evroga baholamoqda. Futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.