Entso Fernandes Madridga keldi

«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes Madridga keldi. Rasmiy versiyaga ko'ra, u tennis turnirini tomosha qilish uchun tashrif buyurgan. Ammo OAV ma'lumotlariga qaraganda, argentinalik futbolchi Madridning «Real» klubi bilan muzokaralar o'tkazish uchun kelgan.
Futbolchi «Qirollik klubi»ga o'tishga yaqin turibdi. Uning transferi bo'yicha muzokaralar hozircha davom etmoqda. Avvalroq «Real» Fernandes uchun yirik taklif tayyorlagani ma'lum bo'lgandi. Ushbu summa 110 million evrodan oshadi.
Joriy mavsumda Entso Fernandes «Chelsi» safida 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol va 6 ta assist qayd etgan. Futbolchining transfer qiymati 90 million evroga baholanmoqda.
Manba: football24.ru