Entso Fernandes jahon chempionatlaridagi 3000-gol muallifiga aylandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Entso Fernandes JCh-2026 1/8 finali doirasidagi Misrga qarshi uchrashuvning (3:2) so'nggi daqiqalarida gol urdi. Ushbu kiritilgan to'p turnir tarixidagi 3000-gol bo'ldi, deb xabar bermoqda FIFA matbuot xizmati.
Jahon chempionatlarida gol urish bo'yicha rekordchi argentinalik Lionel Messi hisoblanadi — uning hisobida 21 ta gol mavjud. Bu ro'yxatda ikkinchi o'rinda 19 ta gol bilan frantsiyalik Kilian Mbappe bormoqda.
JCh-2026 musobaqasi Kanada, AQSh va Meksikada bo'lib o'tmoqda. Turnirning final uchrashuvi 19 iyulga rejalashtirilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar