«Chelsi» va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Entso Fernandes 2026 yilning yozida amalga oshishi mumkin bo'lgan transferi haqidagi savolga javob berdi.

Iyun oyida «Real Madrid» 25 yoshli argentinalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun yarim himoyachi Orelen Tchuameni bilan xayrlashishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Hozir kelajagim haqida o'ylayotganim yo'q. Men shu erdaman va o'zim uchun aql bovar qilmas darajada ajoyib bo'layotgan ushbu lahzalardan zavq olyapman. Jahon chempionatidan keyin esa — ko'ramiz», — deya Fernandesning so'zlarini keltiradi DAZN.

Manba: Stadion.uz