«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkinligiga shama qildi. Argentinalik futbolchi o'z kelajagi haqidagi savolga aniq javob bermadi.

«Mening kelajagim? Bilmayman. Oldinda bizni Premer-liganing sakkizta o'yini va Angliya Kubogi kutmoqda. Keyin Jahon chempionati, undan uyog'ini esa ko'ramiz», — deya Fernandesning so'zlarini keltiradi The Touchline.

Avvalroq matbuotda Entso Fernandes «Chelsi»da rivojlanish yo'qligidan norozi ekanligi va sovrinlar uchun kurashish imkoniyati bo'lgan boshqa klubga o'tish variantini ko'rib chiqayotgani haqida mish-mishlar paydo bo'lgan edi.

25 yoshli Entso Fernandesning qiymati Transfermarkt portali tomonidan 90 million evroga baholanmoqda.