Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Entso Fernandes klubdagi maqsadlari haqida gapirdi.

Argentinalik futbolchi 2023 yil boshida "Benfika"dan 121 mln evro evaziga "ko'klar" safiga qo'shilgandi. O'tgan mavsumda xavbek London grandiga Konferentsiyalar ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida zafar quchishga yordam berdi.

"Chelsi"dagi orzum? Jamoa bilan Chempionlar ligasi yoki Premer-ligada g'olib chiqmoqchiman. Bu klubimiz uchun qanchalik ahamiyatli bo'lishini bilamiz," - deya Fernandesning so'zlarini keltiradi The Touchline.