Enrikeni "PSJ"dagi 2,5 yillik faoliyati davomida 10 ta sovrin yutdi

Luis Enrike "PSJ" boshqaruvida o'ninchi sovrinni qo'lga kiritdi.
Parijliklar bugun Frantsiya Superkubogi uchun kechgan bahsda "Marsel"ni mag'lub etdi.
Ispaniyalik mutaxassis 2023 yilda Frantsiya klubini qabul qilib olgandi. Ikki yarim yil ichida u uch marta mamlakat Superkubogi, ikki martadan chempionat va kubok, bir marta Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, qit'alararo kubokda g'olib chiqdi. Shuningdek, "PSJ" klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi.
"Barselona"dagi faoliyati bilan qo'shib hisoblaganda, Enrikening murabbiylik faoliyatida 19 ta sovrin bor.