Enrike Rikelme «Real»ning yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qilishga tayyorlanmoqda

«Real» prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme juma kuni saylovda g'alaba qozongan taqdirda jamoaga bosh murabbiy bo'ladigan mutaxassisning ismini e'lon qilishini ma'lum qildi.
«Biz murabbiyimizni juma yoki shanba kuni e'lon qilamiz. U katta yulduz va «Real»ning har bir muxlisi ko'rishni istagan murabbiydir», — deya Rikelmening so'zlarini keltiradi MadridZone.
ESPN ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik biznesmen germaniyalik mutaxassis Yurgen Kloppning vakillari bilan allaqachon ikki marta uchrashgan. U nemis murabbiyini «Real»ni boshqarishga ko'ndirish niyatida.
«Real»da prezidentlik saylovlari yakshanba kuni, 7 iyun kuni bo'lib o'tadi.
2025/26 yilgi mavsumda «Real» 86 ochko jamg'arib, Ispaniya chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi. Turnir g'olibi esa 94 ochko bilan «Barselona» bo'ldi.