Enrike Rikelme: "Men prezident bo'lsam, Rodri "Real"da o'ynaydi"

"Real" prezidenti lavozimiga nomzod Enrike Rikelme, agar saylovda g'olib chiqsa, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini jamoaga olib kelishga va'da berdi.
"Agar men "Real" prezidenti bo'lsam, Rodri kabi o'yinchi "Madrid"da o'ynaydi", — dedi Rikelme "Tiempo de Juego" dasturiga bergan intervyusida.
Uning so'zlariga ko'ra, Rodrining transferi Ispaniya terma jamoasida birorta ham "Real" futbolchisi yo'qligidek "og'riqli sharmandalik"dan qochishga yordam beradi.
Rikelme Rodri haqidagi bayonoti u ilgari e'lon qilgan yulduzlar bilan bog'liq emasligini aniqlashtirdi. Prezidentlikka nomzod ularning ismlarini kelasi chorshanba kuni oshkor qilmoqchi. U gap Ispaniyadan tashqaridagi futbolchilar haqida ketayotganini tasdiqladi.
"Aniq ismlar aytiladi. Agar men prezident bo'lsam, bular "Real"da o'ynashi kerak bo'lgan o'yinchilardir", — dedi Rikelme va kamida ikkita transfer amalga oshirishni va'da qildi.